
Juma kuni PSJ rossiyalik darvozabon Matvey Safonov qo'li singani sababli bir muddat maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi. Klub xabariga ko'ra, futbolchining holati uch-to'rt haftadan so'ng qayta baholanadi.
Safonovning jarohati yuzasidan taniqli murabbiy Yuriy Syomin ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, bu sport kasbining bir qismi.
Syomin Matveyga sabr tilab, reabilitatsiya jarayonini sifatli o'tkazishini istadi. Murabbiy, agar Safonov to'g'ri ishlasa va to'liq tiklansa, yana asosiy darvozabon sifatida qaytishini ta'kidladi.
PSJ 20-dekabr, shanba kuni Fransiya kubogi doirasida "Vande Fontene"ga qarshi bahs o'tkazadi. Bu Luis Enrike jamoasi uchun 2025 yildagi so'nggi o'yin bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.