Pavlyuchenko «Liverpul»ga o‘ta olmaganining sababini aytdi

Pavlyuchenko «Liverpul»ga o‘ta olmaganining sababini aytdi
Sobiq hujumchi Roman Pavlyuchenko 2010 yilda «Tottenhem» safida to‘p surgan paytida nega «Liverpul»ga o‘ta olmaganini tushuntirdi. Pavlyuchenkoning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha davrda u London klubini tark etish haqida o‘ylay boshlagan va «Liverpul» varianti unga qiziq tuyulgan.

Biroq gap faqat ijaraga o‘tish haqida ketgan, «Tottenhem» rahbariyati esa Angliya ichida transfer amalga oshmasligini darhol bildirib qo‘ygan. «Levi birinchi uchrashuvdayoq: “Rom, «Liverpul»ni unut.

Angliyada seni hech qayerga sotmayman”, dedi. Shunda men «Liverpul»ga o‘tish imkoniyati yo‘qligini darhol angladim», — deya Pavlyuchenkoning so‘zlarini «Chempionat» nashri keltiradi.

Pavlyuchenko «Tottenhem» tarkibida 113 uchrashuvda maydonga tushib, 42 gol urgan va 10 assist amalga oshirgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar