
Veteran hujumchi Chiro Immobile Italiya Superkubogi yarim finalida “Bolonya” safida zaxiradan maydonga tushdi va penaltilar seriyasidagi hal qiluvchi zarbani aniq ijro etib, jamoasini finalga olib chiqdi. O'yindan so'ng Immobile uchrashuv taassurotlari bilan o'rtoqlashdi: “Penalti — bu lotereya.
Ravalyaga bravo, u ikki zarbani qaytardi, biz esa sovuqqonroq tepishga muvaffaq bo'ldik. Menga gol kerak edi, ancha vaqtdan beri gol urmagandim, so'nggi oylar men uchun qiyin o'tdi.
Jamoa uchun juda xursandman. ‘Napoli’ga kelsak, qog'ozda ular kuchliroq, ammo kubok bahsida hamma narsa bo'lishi mumkin.
Biz hech kimdan qo'rqmaymiz”, — deya Immobile so'zlarini fcinter1908.it keltirdi. Endi Italiya Superkubogi finalida “Bolonya” amaldagi Italiya chempioni “Napoli”ga qarshi maydonga tushadi.
Final uchrashuvi 22 dekabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.