
Manchester City hujumchisi Erlin Haaland shanba kuni "Vest Hem" darvozasini ishg'ol qildi. Ushbu gol norvegiyalik futbolchi uchun joriy Angliya chempionatida 18-gol, Angliya Premyer-ligasidagi umumiy hisobda esa 103-gol bo'ldi.
APL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar reytingida Haaland 103 ta gol bilan Krishtianu Ronalduga yetib oldi va 33-o'rinni bo'lishib turibdi. Ronaldu Premyer-ligada "Manchester Yunayted" safida ikki davr davomida 103 ta gol urgan.
Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida jami 954 ta gol muallifi bo'lgan. Tabiiyki, bu ko'rsatkichga Haaland hali ancha uzoq.
Ma'lumot uchun, Premyer-liga tarixidagi eng sermahsul to'purar Alan Shirer bo'lib, u 260 ta gol urgan. Shuningdek, Premyer-liga 1992 yilda tashkil etilganini inobatga olish lozim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.