
Fransiyaning PSJ klubida to'p surayotgan rossiyalik darvozabon Matvey Safonov FIFA Qit'alararo kubogi finalida qo'li singan holda o'ynagani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Parij klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, PSJ va Braziliyaning «Flamengo» jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi 17 dekabr kuni bo'lib o'tgan. O'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlaridan so'ng g'olib aniqlanmagan, penaltilar seriyasida esa PSJ zafar quchgan.
Safonov penaltilar seriyasida to'rtta seyv amalga oshirib, jamoasining g'alabasiga hal qiluvchi hissa qo'shgan. Qayd etilishicha, «Flamengo»ga qarshi bahs davomida Safonov chap qo'lining kaft qismidan jarohat olib, sinish aniqlangan.
Rossiyalik futbolchining tiklanishi taxminan uch-to'rt haftani olishi kutilmoqda. Safonov PSJ safida 2024 yil yozidan buyon o'ynamoqda.
Shu vaqt ichida u jamoa bilan olti sovrinni qo'lga kiritgan, ular orasida Chempionlar ligasidagi g'alaba ham bor.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.