
Parijning PSJ klubi Fransiya kubogi doirasida beshinchi liga vakiliga qarshi maydonga tushib, kutilganidek yirik hisobda g'alaba qozondi. Parijliklar raqib darvozasiga to'rtta gol urdi.
Jamoaning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov jarohati sabab uchrashuvni o'tkazib yubordi, biroq bu natijaga ta'sir qilmadi. Ushbu g'alaba PSJ uchun 2025 yil davomida barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 50-g'alaba bo'ldi.
Bu ko'rsatkich Fransiya futboli tarixida yangi mutlaq rekord sifatida qayd etildi. Eslatib o'tamiz, PSJ amaldagi Chempionlar ligasi g'olibi hisoblanadi.
Parijliklar turnir finalida Italiyaning "Inter" klubini 5:0 hisobida mag'lub etib, rekord darajadagi yirik g'alabaga erishgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.