
A Seriya doirasidagi safar uchrashuvida «Roma» Turinning «Yuventus» jamoasiga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdan keyin rimliklar bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini natija yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Biz raqib darvozasi oldida bundan ham ko'proq vaziyatlar yaratishimiz mumkin edi. Jamoaning boshqa futbolchilari hujumchilarni ko'proq qo'llab-quvvatlashi kerak.
Bunday kuchli raqibga qarshi o'ynash oson bo'lmadi, ustiga-ustak, bizda bir necha muhim futbolchi yo'q edi. Bu mag'lubiyatdan xulosa chiqarishimiz zarur.
Ishonchim komil, hammasi yaxshi bo'ladi», — deya murabbiy so'zlarini «bo'rilar» matbuot xizmati keltirdi. «Roma» 30 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.