
Bournemouth klubi qanot hujumchisi Antuan Semenyo ketishi mumkin bo'lgan vaziyatda uning o'rnini kim bilan to'ldirishni rejalashtirayotgani ma'lum bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, 25 yoshli Gana terma jamoasi futbolchisi qishki transfer oynasida klubni tark etishi kutilmoqda.
TEAMtalk ma'lumotiga ko'ra, “giloslar” Semenyo o'rniga Londonning Tottenham klubida to'p surayotgan vinger Brennan Jonson nomzodini ko'rib chiqmoqda. Biroq Guardian Sport yozishicha, Bournemouth bu transferda raqobatga duch kelishi ehtimoldan xoli emas: Brennan Jonsonni Crystal Palace ham o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda 24 yoshli Tottenham hujumchisi barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 21 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Jonsonning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.