
Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni jamoani tark etishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda. TEAMtalk xabariga ko'ra, futbolchi «Inter»dagi o'rnidan mamnun va yirik Yevropa klublari qiziqishiga qaramay, hozircha klubini o'zgartirish niyatida emas.
Manbada qayd etilishicha, Bastonini jamoasini almashtirishga ko'ndira olishi mumkin bo'lgan kam sonli variantlardan biri «Manchester Siti» bo'lib qolmoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 20 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Bastonining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.