
A Seriyasining 16-turida turnir jadvalining quyi qismida borayotgan Kalyari va Piza o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi va yakunga qadar muxlislarni hayajonda ushlab turdi.
Birinchi bo'lim oxirida, 45-daqiqada Matteo Tramoni 11 metrlik jarima zarbasini sovuqqonlik bilan markazga yo'llab, hisobni ochdi — 0:1. 59-daqiqada Gabriele Dzapppa uzatgan to'pni Maykl Fororunsho aniq yakunlab, muvozanatni tikladi — 1:1.
Oradan 12 daqiqa o'tib, Janluka Gaetano Semih Kilychsoyni qulay vaziyatga chiqardi va mehmonlar yana oldinga o'tdi — 2:1. O'yin so'ngida Kalyari qarshi hujumda hisobni saqlab qola olmadi: Mehdi Leris uzatmasidan so'ng Stefano Moreo 89-daqiqada gol urib, Pizaga durangni olib berdi — 2:2.
Ushbu natijadan keyin Kalyari 15 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda. Piza esa 11 ochko bilan jadvalda oxiridan ikkinchi pog'onada qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.