date

Jyul Kunde almashtirilgach, Barselona muxlislarini tinchlantirdi


Barselona 2025 yilgi o'yinlarini safarda qo'lga kiritilgan g'alaba bilan yakunladi. Kataloniyaliklar La Liga doirasida Vilyarrealni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvdagi noxush holat ikkinchi bo'lim oxirlarida yuz berdi: himoyachi Jyul Kunde majburiy ravishda maydonni tark etdi. O'yindan keyin miks-zonada fransiyalik futbolchi o'z holati haqida qisqa izoh berib, Barselona muxlislarini xotirjam qildi.

Jurnalistlarning jarohat haqidagi savoliga Kunde "Yo'q" deya javob berdi. Ispaniya Superkubogida maydonga tushishi mumkinmi, degan savolga esa "Ha" deb javob qaytardi.

Avvalroq Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Kundeda jarohat emas, oddiy mushak tortishishi yoki spazm bo'lishi mumkinligini aytgandi. Barselona Ispaniya Superkubogi yarim finalida 7 yanvar kuni Bilbao Atletikiga qarshi o'ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jyul Kunde almashtirilgach, Barselona muxlislarini tinchlantirdi