date

RB Leyptsig futbolchisi Kevin Kampl faoliyatini yakunlashni o'ylamoqda


Sloveniya terma jamoasi va RB Leyptsig yarim himoyachisi Kevin Kampl oilasidagi og'ir yo'qotishdan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda. Futbolchining 51 yoshli akasi Seki kutilmaganda vafot etgan.

Kampl uchun akasi doimo katta tayanch va obro' bo'lgan, bu fojia esa futbolchiga kuchli ruhiy zarba bo'lgani aytilmoqda. So'nggi haftalarda jurnalistlar Kampl nega jamoa tarkibida ko'rinmayotganiga e'tibor qaratgandi.

Vaziyat endi oydinlashdi: tanaffusning sababi sportga aloqador emas, balki shaxsiy fojia ekani ma'lum bo'ldi. Kampl 2017 yildan beri RB Leyptsig safida o'ynab keladi va jamoaning eng tanilgan hamda ommabop futbolchilaridan biriga aylangani uchun uning yo'qligi darhol sezildi.

Leipziger Volkszeitung nashrining xabar berishicha, futbolchi hozir klub rahbariyati bilan shartnomani o'zaro kelishuv asosida bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » RB Leyptsig futbolchisi Kevin Kampl faoliyatini yakunlashni o'ylamoqda