Holann va Keyn «Oltin butsa» poygasida yetakchilik qilmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy hujumchisi Garri Keyn hamda «Manchester Siti»ning asosiy to‘purari Erling Holann joriy mavsumda «Oltin butsa» uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. Har ikki hujumchi o‘z chempionatida 19 tadan gol urdi.
Ulardan bir gol ortda Fransiya yulduzi Kilian Mbappe bormoqda. Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida u Madridning «Real» klubi safida 18 ta gol muallifi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra ushbu nufuzli individual mukofot sohibi Mbappe bo‘lgan. Kilian o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida 31 ta gol urgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing