
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines "Everton"dagi faoliyati haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Martines ushbu klubni 2013–2016 yillarda boshqargan.
"Biz Fellaini va Anichebeni sotishga majbur bo‘ldik, Jeyms Makkarti, Garet Barri, Romelu Lukakuni sotib oldik. O‘ylaymanki, sovrinni qo‘lga kiritish uchun bizga bitta transfer oynasi yetishmadi", — deya Martinesning so‘zlarini Eurofootcom keltiradi.
"Mayda xatolar sabab ko‘p o‘yinlarda yutqazdik va ishonchim komilki, agar o‘sha uchrashuvlarda g‘alaba qozonganimizda, klubda menga ko‘proq vaqt berishardi. Orqaga nazar tashlasam, erishgan natijalarimizdan juda faxrlanaman.
Bu uch mavsum davomida o‘tkazgan ayrim o‘yinlarimiz juda yuqori saviyada bo‘lgan". 2013/14 mavsumida beshinchi o‘rinni olgan "Everton" keyingi ikki mavsumda 11-o‘rinni egallagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.