date

Valverde: G‘alaba biz uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi


«Atletik Bilbao» bosh murabbiyi Ernesto Valverde «Espanol»ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi. La Liganing 17-tur uchrashuvi 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va Moskva vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Valverde «Atletik» «San-Mames»da «Espanol»ni mag‘lub etib, yevrokuboklar zonasidagi kurashda juda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishiga umid bildirdi. «G‘alaba biz uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Agar oradagi farqni qisqartirmoqchi bo‘lsak, mavsumdagi eng yaxshi davrlaridan birini o‘tkazayotgan jamoani yutishga harakat qilishimiz kerak. Bu juda og‘ir ish bo‘ladi, chunki ular juda yaxshi o‘ynayapti», — deya murabbiyning so‘zlarini klub sayti keltiradi.

Rojdestvo tilaklari haqidagi savolga Ernesto, agar Olentsero (basklarning Qorbobosi) shogirdlariga biroz yordam bersa, bunga qarshi emasligini aytdi. «Biz Olentserodan bizga yordam berishini so‘raymiz, shunda g‘alaba qozona olamiz.

Bu yilning so‘nggi o‘yini, va biz uni yuqori kayfiyatda yakunlashni xohlaymiz». «Espanol» hisobida 30 ochko bor.

Hozirda turnir jadvalida beshinchi o‘rinda borayotgan kataloniyaliklar La Liganing eng sermahsul jamoalaridan biri sanaladi va noyabr boshidan beri chempionatda mag‘lub bo‘lmagan. «Atletik» esa 23 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Valverde: G‘alaba biz uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi