Aurelien Tchouameni Fede Valverde bilan bo‘lgan mojaro uchun uzr so‘radi

1 daqiqa o'qish366
Aurelien Tchouameni Fede Valverde bilan bo‘lgan mojaro uchun uzr so‘radi

Real Madrid mashg‘ulotlarida Aurelien Tchouameni va Federico Valverde o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv jamoada jiddiy shov-shuvga sabab bo‘ldi. Mashg‘ulot vaqtida boshlangan kelishmovchilik kiyinish xonasida davom etib, urugvaylik yarim himoyachining jarohat olishi bilan yakunlandi. Natijada Valverde bosh qismidagi jarohat sababli shifoxonaga yotqizildi va bir necha tikuv qo‘yildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Aurelien Tchouameni yuz bergan voqea yuzasidan ommaviy uzr so‘radi. U o‘z bayonotida bunday xatti-harakatlar Real Madrid kabi dunyoning eng mashhur klubi vakillariga yarashmasligini va yoshlar uchun yomon o‘rnak bo‘lishini ta’kidladi. Futbolchi klub tomonidan belgilangan jarimani to‘liq qabul qilishini ma’lum qildi.

Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, Federico Valverde 10 kundan 14 kungacha dam olishi kerak. Bu esa uning yaqinlashib kelayotgan El-Klasiko bahsini o‘tkazib yuborishini anglatadi. Klub rahbariyati har ikki futbolchini 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi va ichki intizomiy ishni yopilgan deb e’lon qildi.

Federico Valverde ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ushbu voqea jamoa ichida hal qilinishi kerak bo‘lgan holat ekanligini, biroq kimdir uni matbuotga oshkor qilganidan afsusdaligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoalarda bunday kelishmovchiliklar uchrab turadi, ammo hozirgi vaziyatda voqea haddan tashqari bo‘rttirib yuborilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?