date

Vinisius «Real» yomon o‘ynasa, meni ajratib ko‘rsatishadi, dedi


«Real» hujumchisi Vinisius Junior jamoa ichida so‘nggi paytlarda yomon o‘ynayotganini tan oldi. Shu bilan birga, braziliyalik futbolchi jamoaning o‘yini yurishmay qolgan paytlarda uni boshqalardan keskin ajratib ko‘rsatishlarini his qilayotganini aytdi.

Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi. Ma’lumki, Vinisius Junior uzoq vaqtdan beri gol ura olmayapti.

U «Real» safida oxirgi bor 4 oktyabr kuni gol urgan. «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Xabi Alonso jamoasi peshqadam «Barselona»dan to‘rt ochko ortda. «Qirollik klubi» navbatdagi uchrashuvini 4 yanvar kuni o‘z maydonida «Betis»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius «Real» yomon o‘ynasa, meni ajratib ko‘rsatishadi, dedi