
«Rostov»ning sobiq himoyachisi Vitaliy Dyakov Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronalduning sermahsulligi haqida fikr bildirdi. Mutaxassis bu haqdagi mulohazalarini «Yevro-Futbol.Ru» internet nashriga bergan intervyusida aytdi.
«40 yoshida ham ajoyib formada: gol uryapti, o‘ynayapti. Saudiya Arabistonida Benzema va jahon darajasidagi boshqa yulduzlar ham o‘ynaydi, ammo hech kim Krishtianu kabi buncha gol urmayapti.
Men uning muxlisi emasman va hech qachon ham bo‘lmaganman, lekin uning tanasiga, darajasiga qaraysan. Unda faqat tezlik biroz pasaygan, u esa to‘purar — juda ko‘p gol uryapti.
U Saudiya Arabistoni chempionati juda kuchsiz, deb aytmaydi. Albatta, u bu kuchli chempionat, deydi.
Krishtianu Ispaniyada ham, Angliyada ham gol urgan. U hozir ham juda yaxshi holatda», — dedi Dyakov.
40 yoshli Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda «An-Nasr» safida barcha turnirlarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer qiymati 12 mln yevroga baholanmoqda.
«So‘zsiz»: Ronaldu Mbappe uning rekordini takrorlaganiga munosabat bildirdi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.