
«Barselona» qishki transfer oynasida markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati himoya markazini arzonroq futbolchi hisobiga kuchaytirmoqchi.
Ustuvorlik yetakchilik fazilatlariga ega, tajribali o‘yinchilarga berilmoqda — ular yozda jamoani tark etgan Inyigo Martinesning yo‘qotilishini qoplashga qodir bo‘lishi kerak. Nomzodlar qatorida «Benfika»dan 37 yoshli Nikolas Otamendi, Milan «Inter»idan 33 yoshli Stefan de Vrey hamda «Bornmut»dan 28 yoshli Markos Senesi bor.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Otamendining narxi 1 mln yevro. De Vrey va Senesi esa ushbu portalda mos ravishda 3,5 mln va 22 mln yevroga baholangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.