
«Bornmut» vingeri Antuan Semeno zamonaviy futboldagi eng ommabop savolga javob berdi. Tez orada «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan 25 yoshli ganalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi orasidan oson tanlov qildi.
«Messi, shubhasiz. Men hech qachon Ronalduning yutuqlarini kamsitmayman — u aqlbovar qilmas darajada zo‘r.
Bu ikki futbolchi erishgan natijalar — hayratlanarli, ammo men Messining muxlisiman», — deya Semenoning so‘zlarini AlbicelesteTalk keltirdi.
Hozir 40 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida o‘ynaydi, 38 yoshli Lionel Messi esa AQSHning «Inter Mayami» jamoasi safida to‘p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.