date

«Arsenal» Kobbi Maynuni yanvarda ijaraga olmoqchi


«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu Angliya Premyer-ligasidagi boshqa klubga o‘tishi mumkin. Talking Ball xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda.

«Kanonirlar» futbolchini yanvar oyidayoq o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Hozirda klublar Maynuni ijaraga olish ehtimoli bo‘yicha muzokara olib bormoqda, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan.

Qayd etilishicha, futbolchining o‘ziga ham «Arsenal»ga o‘tish varianti qiziq. Joriy Angliya Premyer-ligasi mavsumida Maynu 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.

Maynuning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt yarim himoyachining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Arsenal» Kobbi Maynuni yanvarda ijaraga olmoqchi