Kamavinga Angolada bolalar futbol akademiyasini ochmoqchi

Kamavinga Angolada bolalar futbol akademiyasini ochmoqchi
Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Angolada bolalar futbol akademiyasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Yaqinda futbolchi 23 yil avval tug‘ilgan mamlakatiga uchib bordi. U yerda Yoshlar va sport vazirligiga tashrif buyurdi.

«Mamlakatimga qaytganimdan va uning rivojiga hissa qo‘shish imkoniga ega bo‘lganimdan juda xursandman», — dedi Kamavinga. Avvalroq yarim himoyachi Afrika Millatlar kubogida angolaliklarni qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.

Turnir guruh bosqichining birinchi turida Angola terma jamoasi JARga 1:2 hisobida yutqazdi. Ertaga, 26 dekabr kuni Angola Zimbabvega qarshi maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar