
Darvozabon Matvey Safonov Valeriy Karpin bilan suhbat chog‘ida hujumkor yarim himoyachi Xvicha Kvaratsxeliya bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi. Safonov va Karpin ishtirokidagi videoni Rossiya terma jamoasi matbuot xizmati e’lon qildi.
«Men Xvicha bilan yaxshi muloqot qilaman. Suhbatlashib turamiz — u rus tilini biroz eslab qolgan, ingliz tilida ham gaplashamiz.
Xvicha bilan uchrashib ham qolishimiz mumkin. Ammo Yangi yil paytida, o‘ylaymanki, hamma tarqab ketadi va 1 yoki 2-yanvarda qaytib keladi», — dedi Safonov.
«PSJ» Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Lans»dan bir ochko ortda qolmoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 4-yanvar kuni «Parij»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.