Lebyoef Pogbaning Fransiya terma jamoasiga qaytishiga ishonmaydi

Lebyoef Pogbaning Fransiya terma jamoasiga qaytishiga ishonmaydi
Qisqacha

Frank Lebyoef Pol Pogbaning Fransiya terma jamoasiga qaytishiga ishonmasligini aytdi. U uzoq tanaffusdan keyin Pogbaning eng yaxshi darajasiga qaytishi qiyinligini, mashg'ulot va o'yin esa butunlay boshqa narsa ekanini ta'kidladi. Lebyoef Pogbaga terma jamoaga qaytish uchun atigi 5 foiz imkoniyat berdi, chunki 30 yoshdan oshgan futbolchi o'rniga barqaror o'yin ko'rsatib kelayotgan boshqa futbolchilar bor.

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frank Lebyoef Pol Pogbaning milliy jamoaga qaytishiga ishonmasligini aytdi. "Deshamga Pogba yoqadi.

Ammo men uning eng yaxshi darajasiga qayta olishiga shubha qilaman, chunki shuncha uzoq tanaffusdan keyin bu juda qiyin. Mashg‘ulot qilish mumkin, lekin o‘yin — butunlay boshqa narsa.

Pogba allaqachon 30 yoshdan oshgan, barqaror o‘yin ko‘rsatib kelgan boshqa futbolchilar ham bor. Deshamga: "Xo‘p, men Pogbani olaman", deyish qiyin bo‘ladi.

Unda nega Grizmanni ham chaqirmaslik kerak, ustiga-ustak Zidan ham chaqirilsin! Bu juda qiyin.

Men Pogbaga 5 foiz imkoniyat beraman — shunchaki odob yuzasidan", — deya Lebyoefning so‘zlarini Goal keltirdi. Pol Pogba oxirgi bor 2022 yil mart oyida Fransiya terma jamoasi safida o‘ynagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar