
«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Frank Lebyoef Koul Palmer «Real»ga o‘tishni ko‘rib chiqishi kerakmi-yo‘qmi, shu haqda fikr bildirdi. «Koul Palmer “Real”da o‘ynashni xohlaydimi?
U u yerda qayerda o‘ynaydi? U yerda Bellingem bor, boshqa ko‘plab futbolchilar ham bor.
Ikki marta o‘ylab ko‘rish kerak. Ha, “Men dunyodagi eng yaxshi klubda bo‘lishni xohlayman”, deyish mumkin.
Balki “Real” rostdan ham dunyodagi eng yaxshisidir, ammo sen o‘ynashni xohlaysan, zaxirada o‘tirishni emas. O‘tgan mavsumda biz Virtsning “Bavariya”ga ehtimoliy o‘tishi haqida gapirgandik, lekin u yerda Musiala bor.
Virts va Musiala bir paytning o‘zida o‘ynay olmaydi, faqat Virtsni chap tomonga qo‘ymasangiz. Shuhrat uchun, balki “Chelsi”dan “Real”ga o‘tgan ma’quldir, ammo hozir men bunga unchalik ham ishonmayapman.
Hozirgi “Real” eng zo‘ri emas. Balki ular yana cho‘qqiga qaytar, lekin hozir — yo‘q», — dedi Lebyoef Goal portaliga.
2025/2026 yilgi mavsumda Koul Palmer sakkizta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.