
«Bavariya» markaziy himoyachisi Jonatan Ta klubdagi ilk mavsumini o‘tkazmoqda. Yozda germaniyalik futbolchi leverkuzenlik «Bayer»dan Myunxen grandiga ko‘chib o‘tdi.
«Eng ko‘p nima hayratga soldi? Mashg‘ulotlarning aql bovar qilmas darajadagi sifati, intensivlik.
Men ilgari bunaqasiga hech qachon duch kelmaganman. Har bir mashg‘ulotda hamma bor kuchini beradi, hech kim bir soniyaga ham sur’atni pasaytirmaydi.
Bu juda ta’sirli va klub haqida ko‘p narsani aytadi», — dedi Ta Abendzeitung nashriga bergan intervyusida. «Bavariya» Bundesligada 15 turdan so‘ng 41 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam.
Ikkinchi o‘rindagi Dortmundning «Borussiya»sidan farq to‘qqiz ochkoni tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.