Goretska "Napoli"ning transfer roʻyxatiga kirdi

Goretska "Napoli"ning transfer roʻyxatiga kirdi
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska "Napoli"ning qiziqish doirasiga tushdi. Italiyaning amaldagi chempionlari qishki transfer oynasida markaziy chiziqni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

TuttoMercatoWeb xabariga koʻra, 30 yoshli germaniyalik futbolchi nomzodlar qatorida bor, biroq jiddiy muammo mavjud: shartnomasi yarim yildan keyin yakunlanishiga qaramay, "Bavariya" yanvarda futbolchini qoʻyib yuborishi dargumon. "Napoli"da myunxenliklarning pozitsiyasini tushunishmoqda, shu bois boshqa variantlar ham koʻrib chiqilmoqda.

Leon Goretska 2018 yildan beri "Bavariya" safida oʻynab keladi. Transfermarkt mutaxassislari Bundesliganing olti karra gʻolibi qiymatini 15 mln yevroga baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar