"Milan" Ugo Souza transferi bo'yicha rad javobini oldi

"Milan" klubi "Korintians" darvozaboni Ugo Souzani transfer qilishga harakat qildi. Biroq, braziliyalik klub 26 yoshli futbolchini "rossoneri" safiga qo'yib yuborishni istamadi, deb xabar bermoqda insayder Matteo Moretto.
Bundan tashqari, darvozabonning o'zi ham qiziqish bildirmadi – u kamida yozgacha vatanda qolib, bo'lajak jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibidan o'rin olishga intilmoqda. Transfermarkt mutaxassislarining baholashicha, Ugo Souzaning narxi 10 million yevroga teng.
Uning "Korintians" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan. Oktyabr oyida darvozabon Braziliya terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan va hozircha bu uning "pentakampeonlar" safidagi yagona o'yini hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing