
Transfermarkt internet-portali 2025 yil davomida o‘z saytida eng ko‘p tomosha qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu reyting futbol ishqibozlari orasida qaysi o‘yinchilarga qiziqish yuqori ekanini yaqqol ko‘rsatib berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 40 yoshli Krishtianu Ronaldu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallab, hali-hamon eng katta e’tibor markazida qolmoqda. Uning ortidan 38 yoshli Lionel Messi joy olgan bo‘lib, ikki afsona futbol olamida yetakchilikni hech kimga berish niyatida emasligini yana bir bor isbotladi.
Reytingning uchinchi pog‘onasidan esa yosh iste’dod — 18 yoshli Lamin Yamal o‘rin oldi. Uning qisqa vaqt ichida kuchli uchlikka kirishi muxlislar orasidagi qiziqish keskin oshib borayotganidan dalolat beradi.
Shu tariqa, tajriba va yoshlik uyg‘unligi 2025 yilda ham futbol muxlislari diqqatini o‘ziga jalb qilishda davom etmoqda.

Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.