
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Lui Saa klubga tarkibni kuchaytirish bo‘yicha maslahat berdi. Saa fikricha, “qizil iblislar” “Aston Villa”ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjersni transfer qilishi kerak.
“Menimcha, ‘Manchester Yunayted’ga yarim himoyada ijodkorlikni alangalatib yuboradigan futbolchi kerak. Fernandesh va Mauntdan tashqari, ijodkorlikda tezlik ham zarur.
Rodjers nafaqat o‘yinni oldinga siljitishi, balki pressingga bardosh berishi va to‘pni ushlab turib, boshqa futbolchilarga pozitsiyalar bo‘ylab joy almashish uchun vaqt berishi mumkin, deb hisoblayman. ‘Yunayted’ga aynan shunday futbolchi kerak.
Men Rodjersni orzudagi transfer sifatida ko‘raman”, — dedi Saa FootItalia nashriga. Hozirda “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.