date

La Liga grandi «Atletiko» Dovbikni olishdan bosh tortdi

La Liga grandi «Atletiko» Dovbikni olishdan bosh tortdi
«Roma» hujumchisi Artyom Dovbik qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. 28 yoshli futbolchi Jan Pyero Gasperini qo‘l ostida rimliklarning asosiy tarkibida doimiy o‘rin topa olmayapti, shu bois agentlari hujumchi uchun yangi jamoa izlamoqda.

Jurnalist Matteo Moretto ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi xizmatlari Madridning «Atletiko» klubiga taklif qilingan, biroq «matraschilar» rad javobini bergan. Artyom Dovbik 2024 yil yozida «Jirona»ni tark etayotganida ham «Atletiko»ga o‘tishi mumkin edi, ammo «Roma» variantini tanlagan.

2023/24 yilgi mavsumda La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgan futbolchining transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 20 mln yevroga baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » La Liga grandi «Atletiko» Dovbikni olishdan bosh tortdi