Osiyo maydonida millionlar: "Andijon" va "Nasaf" qanchadan daromad qildi?

Sport1 daqiqa o'qish3K
Osiyo maydonida millionlar: "Andijon" va "Nasaf" qanchadan daromad qildi?

Osiyo qit’asidagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik klublar nafaqat tajriba, balki salmoqli moliyaviy foyda ham qo‘lga kiritmoqda. Jumladan, "Andijon" OFK Chempionlar ligasi 2 (OCHL2) musobaqasida ishtirok etish orqali 300 ming AQSH dollari miqdorida daromad oldi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qoidalariga ko‘ra, guruh bosqichida qatnashgan har bir jamoaga dastlab 300 ming dollar mukofot puli ajratiladi. Shuningdek, har bir qo‘lga kiritilgan g‘alaba uchun qo‘shimcha 30 ming dollar, keyingi bosqichga chiqqan jamoalarga esa yana 80 ming dollardan rag‘batlantiruvchi mukofot beriladi. Bu esa “Andijon” uchun musobaqada ishtirokni moliyaviy jihatdan ham foydali qildi.

Bundan tashqari, mamlakatimizning yana bir yetakchi jamoasi — "Nasaf" OFK Elit Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, hozirgacha 800 ming AQSH dollari ishlab topishga ulgurdi.

Elit musobaqada OFK asosiy bosqichga chiqqan har bir klubga 800 ming dollar miqdorida bazaviy mukofot ajratadi. Qo‘shimcha ravishda, har bir g‘alaba uchun 100 ming dollar, keyingi bosqichga yo‘l olgan jamoalarga esa yana 200 ming dollardan to‘lab beriladi.

Qisqasi, “Andijon” va “Nasaf”ning Osiyo arenasidagi ishtiroki nafaqat sport natijalari, balki moliyaviy jihatdan ham o‘zbekiston futbolining nufuzi oshib borayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?