
GiveMeSport portali ayni paytda Angliya Premer-ligasida to‘p surayotgan eng yaxshi futbolchilar bo‘yicha o‘z reytingi bilan o‘rtoqlashdi. Mutaxassislar va tahririyat baholariga ko‘ra, ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand egalladi. Gollar sermahsulligi, jismoniy ustunligi va hal qiluvchi palladagi samaradorligi uni raqobatchilaridan ajratib qo‘ygan.
Ikkinchi o‘rinda "Arsenal" yarimhimoyachisi Deklan Rays qayd etildi. U maydon markazidagi barqaror o‘yini, jamoaviy harakatdagi roli va yetakchilik fazilatlari bilan mutaxassislar e’tiborini qozongan.
Kuchli uchlikni esa hozirda "Sanderlend" sharafini himoya qilayotgan Granit Jaka yakunladi. Uning tajribasi, o‘yinni o‘qish qobiliyati va maydondagi muvozanat yaratish mahorati yuqori baholandi.
E’tiborli jihati shundaki, mazkur reytingning ilk o‘ntaligidan "Liverpul" futbolchilari joy olmadi. Bu esa muxlislar orasida turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
GiveMeSport versiyasiga ko‘ra, ayni paytda APLda eng yuqori darajada o‘ynayotgan Top-10 futbolchi quyidagilar:
1. Erling Holand («Manchester Siti»)
2. Deklan Rays («Arsenal»)
3. Granit Jaka («Sanderlend»)
4. Antuan Semenyo («Bornmut»)
5. Morgan Rodjers («Aston Villa»)
6. Fil Foden («Manchester Siti»)
7. Moyzes Kaysedo («Chelsi»)
8. Gabriyel Magalyaysh («Arsenal»)
9. Jeremi Doku («Manchester Siti»)
10. Ris Jeyms («Chelsi»)
Ushbu reyting mavsumning hozirgi qismida futbolchilarning formasi va ta’sirini aks ettirib, APLda raqobat naqadar keskin ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.