date

Girona ter Shtegenni ijaraga olishi uchun shart qo'ydi

Girona ter Shtegenni ijaraga olishi uchun shart qo'ydi
«Girona» «Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen uchun asosiy da'vogarlar qatorida qolmoqda. Jurnalist Adria Albets xabariga ko'ra, «oq-qizillar» posbonni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi, biroq uning maoshini ko'tara olmaydi.

Bitim faqat «Barselona» 33 yoshli germaniyalik futbolchining maoshining katta qismini to'lashda davom etsa, u esa boshqa katalon klubi safida o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, amalga oshishi mumkin. Mark-Andre ter Shtegen bu mavsum maydonga atigi bir marta tushdi — u belidagi jarohat sabab qariyb yarim yilni o'tkazib yubordi.

«Ko'k-anorranglilar» sardorining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Girona ter Shtegenni ijaraga olishi uchun shart qo'ydi