Karrager: "Liverpul" top-4 uchun yana ikki futbolchi olishi kerak

Angliya terma jamoasi va "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager mersisaydliklar APLda top-4ga kirish uchun yanvar transfer oynasida tarkibni kuchaytirishi zarur, deb hisoblaydi. "Agar "Liverpul" yana bir hujumchi va markaziy himoyachi bilan kuchaymasa, jamoaga APLning eng yaxshi to'rtligida mavsumni yakunlash qiyin bo'ladi", — deya ekspertning so'zlarini The Telegraph keltirdi.
Premer-liganing 17 turidan so'ng Arne Slot shogirdlari 29 ochko jamg'argan va turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Liverpul" chempionatdagi navbatdagi o'yinini "Enfild"da "Vulverhempton"ga qarshi o'tkazadi.
Uchrashuv shanba kuni, 27 dekabrda bo'lib o'tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing