Pirs Morgan Ronalduning navbatdagi dubliga munosabat bildirdi

Britaniyalik teleboshlovchi Pirs Morgan Saudiya Arabistoni chempionatida Krishtianu Ronalduning yana bir sermahsul o‘yinidan so‘ng fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Al-Nasr" hujumchisi "Al-Oxdud"ga qarshi uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Morgan Ronaldu qayerda o‘ynamasin, muntazam gol urish odatini saqlab kelayotganini ta’kidladi.
"U hech qachon gol urishni to‘xtatmaydi. Dunyoning istalgan nuqtasida, istalgan jamoada", — deb yozdi Morgan.
Shuningdek, u tarixdagi eng buyuk futbolchi haqidagi bahslar davom etishi mumkinligini, biroq eng sermahsul va eng barqaror to‘purar masalasida uning shubhasi yo‘qligini qo‘shimcha qildi.






























Izohlar 0
…