date

Arsenal sardori Edegor mavsumdagi ilk goliga izoh berdi

Arsenal sardori Edegor mavsumdagi ilk goliga izoh berdi

«Arsenal» sardori Martin Edegor APLning 18-turida kiritgan goli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Norvegiyalik yarim himoyachi bu golni anchadan beri kutganini ta’kidladi: u mashg‘ulotlarda hujumlarni yakunlash ustida ko‘p ishlaganini va nihoyat mehnati samara berganidan xursand ekanini aytdi.

27 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan «Arsenal» — «Brayton» uchrashuvida londonliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Edegor esa joriy APL mavsumidagi ilk golini aynan shu bahsda urdi.

G‘alabadan so‘ng «Arsenal» 42 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. «Manchester Siti» 40 ochko bilan ikkinchi, «Aston Villa» esa 36 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal sardori Edegor mavsumdagi ilk goliga izoh berdi