
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Bornmut» vingeri Antuan Semenyo bo‘yicha ehtimoliy transfer savoliga aniq javob bermadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hafta boshida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, «shaharliklar» «giloslar» yulduzini ko‘ndira olgan va kelishuv tez orada yakunlanishi kutilmoqda. Biroq shanba kuni «Siti»ning «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yinidan keyin jurnalistlar bitim haqida so‘raganida, ispaniyalik mutaxassis mavzuni yopdi.
«Semenyo? Keyingi savol, iltimos», — dedi Gvardiola.
Uchrashuvda «Manchester Siti» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi: gollar Tijаni Rеynders va Rayan Sherkidan keldi. 18 turdan so‘ng jamoa APL jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Arsenal»dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.