
So'nggi haftalarda OAVda PSJ yarim himoyachisi Vitinyaning Madridning Real klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar tobora ko'paymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mish-mishlarga ko'ra, “qirollik klubi” portugaliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishni juda istamoqda va yaqin kelajakda bu transferni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi. Biroq jurnalist Xorxe Pikon ma'lumotiga ko'ra, bunday ssenariy ish bermaydi: PSJ 25 yoshli xavbekni qo'yib yubormaydi. Shu bois, parijliklar yetakchisining ko'chishi deyarli imkonsiz deb baholanmoqda va “qaymoqranglilar” boshqa nomzodlarga e'tibor qaratishga majbur bo'lishi mumkin.
Transfermarkt Vitinyaning bozor qiymatini 110 million yevroga baholamoqda. Sentabr oyida u “Oltin to'p” ovoz berishida uchinchi o'rinni egallab, faqat Usmon Dembele va Lamin Yamalga imkoniyatni boy bergandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.