date

Gasperini Dovbik hali maydonga qaytishga tayyor emas dedi

Gasperini Dovbik hali maydonga qaytishga tayyor emas dedi

Italiyaning «Roma» jamoasi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini A Seriyaning 17-turida «Jenoa»ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar bilan uchrashdi. Bahs 29 dekabr kuni soat 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, hujumchi Artem Dovbik hozircha to‘liq tayyor emas: u mashg‘ulotlarga qatnashyapti, biroq hanuz to‘p tepishga qiynalmoqda. Gasperini Dovbikning kelasi hafta safga qaytishidan umidvor ekanini bildirdi.

Murabbiy yana bir muhim masala Mario Ermosoning holati ekanini ta’kidladi. Himoyachi chov sohasidagi jarohat sabab noqulaylik sezmoqda va uning o‘ynashi-yo‘qligi bo‘yicha yakuniy qaror uchrashuv kuni qabul qilinadi.

Gasperini turnir jadvalidagi o‘rinlardan qat’i nazar, «Jenoa»ga qarshi uchrashuv og‘ir kechishini kutmoqda. Uning fikricha, g‘alaba uchun jamoa bor kuchini ishga solishi shart va aynan hozir «Roma»ga uch ochko juda zarur.

Hozir «Roma» 30 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. «Jenoa» esa 14 ochko jamg‘argan va 17-pog‘onada joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gasperini Dovbik hali maydonga qaytishga tayyor emas dedi