
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regraji fransuzning «PSJ» klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. Parij klubi himoyachi Ashraf Hakimini Afrika kubogi bahslariga tayyorgarlik uchun erta qo'yib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hakimi to'piq jarohatidan forig' bo'ldi va 29 dekabr kuni Zambiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Regrajining aytishicha, «PSJ» futbolchini o'yindan 15 kun avval terma ixtiyoriga bergani bilan katta ishonch ko'rsatgan.
Murabbiy klub prezidenti va butun jamoaga alohida tashakkur bildirib, bunday qadamni har qanday klub ham tashlayvermasligini ta'kidladi. Shuningdek, u tibbiy shtablar o'rtasidagi hamkorlikni yuqori baholab, jamoa shifokori Bodo dunyodagi eng kuchli sport tabiblaridan biri ekanini qayd etdi.
Zambiya — Marokash uchrashuvi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Guruh jadvalida Marokashda 4 ochko, Mali va Zambiyada 2 tadan, Komor orollarida esa 1 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.