
Yakunlanayotgan yil PSJ uchun nihoyatda omadli keldi: Parij klubi mavsum davomida jami olti sovrinni qo'lga kiritdi. Eng so'nggi yutuq esa Rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning yorqin o'yinlari bilan bog'langan Qit'alararo kubok bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu muvaffaqiyatlar sharafiga o'tgan shanba kuni Eyfel minorasi atrofida bir guruh fransuz fuqarolari to'planib, feyerverk va boshqa pirotexnika vositalaridan foydalanib bayram kayfiyatini namoyish qildi. Natijada yig'ilganlarning katta qismi politsiya tomonidan ushlab ketildi.
Tekshiruv va tushuntirishlardan so'ng aksariyat ishtirokchilar qo'yib yuborildi, chunki ular qo'pol qonunbuzar sifatida baholanmadi. Biroq RMC Sport xabariga ko'ra, 12 kishi baribir javobgarlikka tortiladi, ular orasida ikki nafar voyaga yetmagan ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.