
Italiya A Seriyasi 17-turi doirasidagi soʻnggi uchrashuvda Matias Soule tezkor gol urib, “Jenoa”ga qarshi bahsda “Roma”ni oldinga olib chiqdi. Uning erta zarbasi rimliklarga kerakli turtki berdi va o‘yin 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin Soule Turin’dagi omadsiz natijadan soʻng jamoa munosib javob qaytarishi kerakligini ta’kidladi. “Bu juda muhim g‘alaba. Biz o‘sishda davom etishimiz shart. 2025 yilni g‘alaba bilan yopdik, bu yil biz uchun juda yaxshi o‘tdi. Shu ruhda davom etamiz”, — deya uning soʻzlarini forzaroma.info keltirdi.
Ushbu uch ochko “Roma”ga A Seriyasi turnir jadvalida yana 4-oʻrinni qaytarib berdi. Rim klubi oxirgi bor 2001 yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.