
“Barselona”ning sobiq futbolchisi, hozirda ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Igor Korneev Rossiya terma jamoasining yil davomida ko'rsatgan o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Korneev “Match TV” efirida natijalar statistik jihatdan yomon ko'rinmasligini ta'kidladi, biroq terma jamoaga juda ko'p futbolchi chaqirilayotgani sabab milliy jamoa futbolchisi maqomi “xiralashib” borayotganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, hozir terma jamoaga deyarli har kim “kirib ketishi” mumkin.
Valeriy Karpin boshqaruvidagi jamoa 2025 yilda olti marta g'alaba qozondi, uch o'yinda durang qayd etdi va bir uchrashuvda mag'lub bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, FIFA va UYEFAning qo'shma qarori bilan Rossiya terma jamoasi xalqaro musobaqalarda qatnashishdan chetlatilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.