
"Barselona" "Inter"ning markaziy himoyachisi Stefan de Vreyga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, milanliklar niderlandiyalik futbolchining ketish-ketmasligini yangi markaziy himoyachi topa olishiga qarab hal qiladi. "Inter" "Latsio"dan Mario Gila va "Sassuolo"dan Tarik Muharemovich variantlarini ko'rib chiqmoqda. Agar klub ulardan birini olib kelsa, de Vreyning ketishi uchun yo'l ochilishi mumkin.
Stefan de Vrey 2018 yilda "Latsio"dan erkin agent sifatida "Inter"ga o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda 33 yoshli himoyachi milanliklar safida 11 o'yinda maydonga tushdi va hozircha gol yoki assist bilan ajralib turmadi. Transfermarkt de Vreyning bozor qiymatini 3,5 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.