Romano Nkunki borasidagi vaziyat hamon mavhumligicha qolmoqda

Italiyalik taniqli insayder Fabrisio Romano ta’kidlashicha, “Milan”ning Kristofer Nkunku bilan xayrlashish ehtimoli hanuz yuqori. Hujumchi o‘tgan dam olish kunlari klub safida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa-da, bu holat uning kelajagi masalasiga yakuniy nuqta qo‘ymaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Romanoning aytishicha, Nkunku A Seriyada ilk gollarini urdi, biroq transfer mavzusi yaqin haftalarda ham ochiq qoladi. Insayder “Fenerbahche” futbolchiga jiddiy qiziqayotganini va bu borada “Milan” rahbariyati bilan aloqada ekanini tasdiqladi.
Mish-mishlarga ko‘ra, turk grandlari — “Galatasaray” va “Fenerbahche” Nkunkuni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashni kuchaytirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing