Natan Ake qishda ketishi mumkin, ammo Vest Hemni rad etdi

"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake qishki transfer oynasida klubini o'zgartirish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq 30 yoshli Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi APLda quyi o'rinlarda qolish uchun kurashayotgan jamoaga o'tishga tayyor emas. talkSPORT xabariga ko'ra, Ake hozirda turnir jadvalida 18-o'rinda borayotgan "Vest Hem"ga ehtimoliy transfer taklifini rad etgan.
Himoyachi bu qishning o'zidayoq "Siti"ni tark etishga qarshi emas, ammo yangi jamoa tanlashda uning turnirdagi ambitsiyalarini inobatga olmoqda. Ake xizmatiga Angliyaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing