
Gruziya terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” klubida o‘ynagan Zaza Janashiya vatandoshi Xvicha Kvaratsxeliya haqida fikr bildirdi. Hozirda fransuzning “PSJ” jamoasi safida to‘p surayotgan futbolchi Gruziyada yilning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini faoliyatida beshinchi bor qo‘lga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Janashiya fikricha, Kvaratsxeliya uzoq yillar davomida mamlakatda yetakchi bo‘lib qolishi mumkin, biroq unga munosib raqobat ko‘rsatadigan avlod allaqachon yetishib kelmoqda. U bu yoshlar hoziroq bo‘lmasa-da, yaqin kelajakda Kvaratsxeliya bilan kurashishga qodirligini ta’kidladi.
Joriy yilda 24 yoshli Kvaratsxeliya “PSJ” bilan bir qator sovrinlarni yutdi, ular orasida Qit’alararo kubok va Chempionlar ligasi ham bor. 2025/26 yilgi mavsumda u 21 o‘yinda 6 ta gol urib, 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.