date

Kafu Modrich 40 yoshda ham Milanga foyda keltirmoqda

Kafu Modrich 40 yoshda ham Milanga foyda keltirmoqda

“Milan”ning sobiq himoyachisi Kafu yozda “Real”dan “Milan”ga ko‘chib o‘tgan Luka Modrichning o‘yinlarini yuqori baholadi. Braziliyalik afsona transferni klub rahbariyati uchun juda muvaffaqiyatli qadam, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kafuning ta’kidlashicha, Modrich 40 yoshga kirgan bo‘lsa ham maydonda farq yarata oladi. U “Milan” uchun nafaqat o‘yin sifati, balki jamoani ortidan ergashtira oladigan yetakchi sifatida ham muhim ekani, kiyinish xonasida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishini aytdi. Kafuning so‘zlarini Tuttosport keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kafu “Milan” safida 2003–2008 yillarda to‘p surgan. U Braziliya terma jamoasi bilan ikki bor jahon chempioni bo‘lgan: 1994 va 2002 yillarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kafu Modrich 40 yoshda ham Milanga foyda keltirmoqda