APL tarixida ilk bor murabbiy Yangi yilda ishdan olindi

APL tarixida ilk bor murabbiy Yangi yilda ishdan olindi

2026 yilning 1 yanvar kuni "Chelsi" bosh murabbiy bilan xayrlashganini rasman e'lon qildi: Enzo Mareska londonliklar jamoasidagi lavozimini tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta statistikachilari qayd etishicha, Mareska Angliya Premer-ligasi tarixida aynan Yangi yil kuni ishdan bo'shatilgan ilk murabbiy bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, APL 1992 yilda tashkil etilgan. Oradan o'tgan 34 yil davomida 1 yanvar sanasida biror murabbiy bilan shartnoma bekor qilinmagan edi. Bu borada "Chelsi" birinchi bo'lib tarixga kirdi.

O'tgan yil yakunida "Bornmut"ga qarshi 2:2 hisobidagi durangdan so'ng "Chelsi" muxlislari jamoani hushtakbozlik bilan kuzatib qo'ygandi. Hozir "aristokratlar" Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar